
Grip belgilari
Shamollash — organizmning sovqotishi yoki viruslar (koʻpincha rinoviruslar) taʼsirida yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir yalligʻlanishi. Tibbiyotda bu holat OʻRK (oʻtkir respirator kasallik) yoki OʻRVI (oʻtkir respirator virusli infeksiya) deb ataladi.
Odatda oddiy shamollash alomatlari toʻgʻri parvarish qilinganda 5–7 kun davomida oʻtib ketadi.
Uy sharoitida davolash va tavsiyalar
- Koʻp suyuqlik ichish: Iliq choy, limonli suv, naʼmatak damlamasi organizmdan toksinlarni chiqarishga yordam beradi.
- Dam olish: Tana infeksiyaga qarshi kurashishi uchun toʻshakda dam olish va uyqu muhim.
- Xonani shamollatish: Yotqon xona havosini tez-tez yangilab turish va namligini saqlash lozim.
- G'arg'ara qilish: Tomoq ogʻrigʻi uchun iliq tuzli suv bilan kuniga bir necha marta ogʻiz va tomoqni chayish foydali.